Uslubingizni namoyon
etadigan san’at
The Frame shunchaki televizor emas. U san’at asarlarini namoyish etish va interyeringizga mos dizayn elementlari yordamida o‘z uslubingizni ifodalash imkonini beradigan nafis ekran.

Dizayn

Uslubingizga urg'u bering va xonaga yangicha ko'rinish baxsh eting

The Frame ingichka kartina ramkasi ko‘rinishida yasalgani sababli har qanday interyerga mos tushadi. Wireless One Connect yordamida ortiqcha simlar ko‘zdan yashirinadi va xona haqiqiy san’at galereyasiga aylanadi. Interyeringizga mos keladigan taqiladigan ramka bilan ko'rinishni tamomlang.

Virtual Design Studio yordamida o‘z The Frame'ngizni yarating

Klassik rasm tushirilgan ramka oq rangda bezatilgan yashash xonasida osilgan. Mavzuni tanlash, o‘lcham va ramkani tanlash, ekranni sozlash, xonani ko‘rish va sozlamalarni tiklash tugmalari ko‘rinib turibdi.
  • * The Frame ekranida namoyish etilgan san’at asarlarini Samsung Art Store'dan topishingiz mumkin.
  • * Taqiladigan ramka alohida sotiladi.
  • * Taqiladigan ramkalar assortimenti mamlakatga qarab farq qilishi mumkin.
  • * Wireless One Connect'dan foydalanganda televizor alohida elektr manbaiga ulanishi kerak.
  • * The Frame qatorida faqat The Frame Pro modelida Wireless One Connect ishlaydi. Xarid qilishdan avval mahsulot xususiyatlari bilan tanishing.

San’at

Interyeringizni san’at asarlari bilan bezating

Samsung Art Store'dagi 5000 dan ortiq san’at asari to'plamini kashf eting. Yoki Art Store Streams yordamida har oy 30 ta yangi san’at asarini bepul tomosha qiling. Art Store'da afsonaviy durdonalardan tortib zamonaviy asarlargacha – didingizga mos to'plamni topishingiz mumkin.

Artwork Library'da minglab san’at asarlari sizni kutmoqda

Besh qator miniatyuralar mashhur san’at asarlarini namoyish etadi va kolleksiyaning keng qamrovliligini ochib beradi.
  • * To‘liq Art Store to'plamidan foydalanish uchun obuna bo'lish kerak bo'ladi. Obuna – pullik xizmat.
  • * Art Store'dagi san’at asarlari oldindan ogohlantirmasdan o‘zgartirilishi mumkin.
  • * Art Store ayrim mamlakatlarda bo‘lmasligi mumkin.
  • * Art Store to'plami mavjudligi mamlakatga qarab farq qiladi. Har oy taqdim etiladigan 30 ta san’at asarining yetkazilish vaqti, davriyligi hamda soni hududga qarab o‘zgarishi va oldindan ogohlantirmasdan yangilanishi mumkin.

Tasvir sifati

Ko‘rinishi ham, tasviri ham hayratlanarli

The Frame nafis dizaynni ilg‘or tasvir texnologiyalari bilan uyg‘unlashtiradi. Neo QLED displeyi filmlar, sport translyatsiyalari va o‘yinlarda yorqin hamda batafsil tasvir bilan ta'minlaydi. Shu tarzda san’at asaridek mukammal tasvirdan bahramand bo‘lasiz.

San’atni ko‘ring, aksingizni emas

Glare Free texnologiyasi

The Frame'ning Glare Free ekrani akslarni kamaytirib, ranglarning yorqinligini saqlab qoladi. Shu bois tasvir yanada tabiiy ko‘rinadi va har bir detal turli yorug'likda ham aniq saqlanadi

Ramkali televizor devorga o‘rnatilgan bo‘lib, uning ro‘parasida joylashgan chiroq ekrandan aks etib, tasvirlarni ko‘rishni qiyinlashtiradi. Televizor ostida "Yorqinliksiz" yozuvi mavjud.
  • * Faqat The Frame Pro Neo QLED displeyiga ega. The Frame'ning boshqa modellarida QLED displey o'rnatilgan. Xarid qilishdan avval mahsulot xususiyatlari bilan tanishing.
  • * Tasvir namoyish maqsadida keltirilgan. Haqiqiy mahsulot ko‘rinishi farq qilishi mumkin.
  • * Glare Free texnologiyasi UL laboratoriyasi tomonidan tasdiqlangan. Sinov haqida UL saytida batafsil ma'lumot olishingiz mumkin.

Samsung Vision AI

Savol bering. Samsung Vision AI doimo aloqada

Samsung Vision AI Companion

Samsung Vision AI Companion tufayli The Frame aqlli yordamchiga aylanadi va televizor bilan o‘zaro muloqotning yangi usulini taqdim etadi. Samsung'ning televizorlar yaratish bo‘yicha 20 yildan ortiq tajribasi hamda Gemini va Perplexity kabi ilg‘or AI modellariga tayangan holda Vision AI Companion ekranda namoyish etilayotgan kontentni to‘xtatmasdan kontekstga mos foydali javoblarni beradi.
U kundalik hayotingizga osonlikcha moslashadi. Ertalabki yangiliklarni ko‘rsatadi, sport uchrashuvlarini kuzatishga yordam beradi, yaqin atrofdagi qiziqarli joylarni tavsiya qiladi yoki ekrandagi kontent haqida qo‘shimcha ma’lumot beradi. AI, tasvir, tovush va generativ funksiyalar yagona tizim sifatida ishlaydi va muntazam takomillashib boradi.

  • * Tasvir namoyish maqsadida keltirilgan.
  • * Funksiya faqat ayrim mamlakatlar va modellarda ishlaydi.
  • * Funksiyalar, foydalanuvchi interfeysi va imkoniyatlar mamlakat, hudud, model hamda foydalanish sharoitiga qarab farq qilishi mumkin.
  • * Ovoz bilan ingliz, fransuz, ispan, portugal, nemis, italyan va koreys tillarida boshqarish mumkin. Ayrim sheva va talaffuzlarni tanimasligi mumkin.
  • * Funksiya AI yaratgan kontentdan foydalanadi. Natijalarning aniqligi kafolatlanmaydi, ularni tekshirishni tavsiya qilamiz.
  • * Funksiyadan foydalanish uchun mos Bluetooth pulti kerak bo'ladi. Ayrim modellarda u alohida sotiladi. Komplektdagi pult ayrim modellarda ovozli boshqaruvsiz bo'lishi mumkin. Mobile Quick Remote ham ishlaydi.
  • * Funksiya AI tugmasi yoki AI tugmasi bo‘lmagan pultdagi Home tugmasini uzoq bosish orqali ishga tushiriladi.
table
The Frame Built in LS03HE The Frame Built in LS03HE
Ekran o‘lchami 65”
Dizayn Modern Frame
One Connect bloki -
Kartina rejimi Bor
Art Store to'plamlari Bor
QLED QLED 4K
Protsessor NQ4 AI Gen2 Processor
Samsung Vision AI Companion Bor
AI yordamida harakat ravonligini yaxshilash -
Ovozni AI yordamida boshqarish AI Sound Controller
Futbol rejimi Bor
HDR (yuqori dinamik diapazon) Quantum HDR
HDR tasvirini avtomatik yaxshilash Bor

The Frame va aksessuarlarini sotib olish