yangicha ko‘rinish baxsh eting
O‘z The Frame'ingizni yarating
The Frame uchun Design Studio
Uslubni tanlang
Devor rangini tanlang
O‘lchami
O'tish qismini tanlang
Rasmni tanlash
Hoshiya variantini tanlang
Hoshiya rangini tanlang
Ortiqcha simlarsiz interyerdan bahramand bo‘ling
Simsiz Wireless One Connect bloki
Xonani bezatish uchun ko‘proq erkinlikka ega bo'ling. Simsiz Wireless One Connect bloki televizorga 10 metrgacha masofadan signal uzata oladi va ortiqcha qurilmalar hamda simlarni yashirish imkonini beradi. Uni o‘zingizga qulay joyga joylashtiring, The Frame esa interyeringizning nafis bezagiga aylansin.
- * Televizor alohida elektr manbaiga ulanishni talab qiladi.
- * Ishlash masofasi foydalanish sharoitlariga qarab farq qilishi mumkin.
- * Uy sharoitida televizor va Wireless One Connect bloki orasida devor kabi to‘siqlar bo‘lsa, ulanish sifati pasayishi mumkin.
- * Simsiz Wireless One Connect bloki yopiq metall shkaf ichiga joylashtirilganda to‘g‘ri ishlamasligi mumkin.
- * Wireless One Connect’dan foydalanish uchun mos televizor kerak bo'ladi. The Frame'da faqat The Frame Pro modelida Wireless One Connect ishlaydi. Xarid qilishdan avval mahsulot xususiyatlari bilan tanishing.
Klassik, simli yoki simsiz – tanlov o'z qo'lingizda
The Frame interyeringiz va ehtiyojlaringizga moslashish uchun uch xil o‘rnatish variantini taklif etadi. Har bir variant xonada tartibli ko‘rinish va yagona dizaynni saqlashga yordam beradi
The Frame har qanday interyerga mos tushadi
* The Frame ekranida namoyish etiladigan san’at asarlarini Samsung Art Store’dan topishingiz mumkin.
The Frame va aksessuarlarini sotib olish
The Frame
Taqiladigan ramka
Ko'p beriladigan savollar
-
Samsung Art TV nima va boshqa televizorlardan nimasi bilan farq qiladi?Samsung Art TV - bu nafaqat film va ko‘rsatuvlarni tomosha qilish, balki Samsung Art Store orqali ekranda san’at asarlarini namoyish etish imkonini beruvchi televizor.
Kontent tomosha qilmayotgan paytingizda televizor zamonaviy kartinaga aylanib, uyingizda o‘ziga xos galereya muhiti yaratishga yordam beradi.
Oddiy televizorlardan farqli ravishda, Samsung Art TV san’at asarlarini namoyish etish uchun san’at asarlarining tanlangan to'plamlarni ochish, haqiqiy kartina ramkasini eslatuvchi dizayn va tasvirlarni yanada tabiiy ko‘rsatishga yordam beruvchi texnologiyalar kabi maxsus imkoniyatlarni taklif qiladi.
Ayniqsa, The Frame san’at asarlarini tomosha qilish uchun maxsus yaratilgan televizor hisoblanadi. Minimalistik dizayni, taqiladigan ramkalari va Kartina rejimi (Art Mode) yordamida u interyeringizga oson moslashadi va sevimli san’at asarlaringizdan istagan vaqtda bahramand bo‘lish imkonini beradi.
* Art Store mavjudligi mamlakat va televizor modeliga qarab farq qilishi mumkin. Xarid qilishdan avval mahsulot xususiyatlari bilan tanishing. -
The Frame’dagi Kartina rejimi nima? Samsung The Frame-chi?Kartina rejimi - bu kontent tomosha qilmayotgan paytda televizor ekranida san’at asarlarini namoyish etish imkonini beruvchi maxsus funksiya. Oddiy qora ekran o‘rniga The Frame chiroyli kartinaga aylanadi.
Kartina rejimi ayrim Samsung televizor modellarida bor. Ammo The Frame’da ushbu funksiyadan foydalanish yanada qulay - uni pultdagi quvvat tugmasi orqali osongina yoqish mumkin.
Modern Frame dizayni va Invisible Cable texnologiyasi televizorni haqiqiy kartinaga o‘xshatib, interyerning bir qismiga aylantiradi.
The Frame shunchaki san’at asarlarini namoyish etibgina qolmaydi. Undagi ilg‘or akslanishga qarshi texnologiya yorug‘lik akslarini kamaytirib, tasvir detallarini aniqroq ko‘rish imkonini beradi. Yorqinlik sensori esa xona yoritilishiga qarab ekran yorqinligi va rang ohanglarini avtomatik sozlaydi, shuning uchun san’at asarlari turli yorug‘lik sharoitlarida ham tabiiy va jonli ko‘rinadi.
* Wi-Fi va Samsung Account akkauntiga kirish kerak bo'ladi. Art Store’dagi barcha san’at asarlaridan foydalanish uchun obuna bo'lishingiz kerak.
* Art Store to'plamlari har oy yangilanadigan 30 ta san’at asarini hamda yil davomida 70 dan ortiq bepul ambient kontent variantlarini taklif qiladi. -
Mening Samsung televizorim ham The Frame kabi san’at asarlarini namoyish qila oladimi?2025-yildan boshlab chiqarilgan ko‘plab Samsung televizorlar Art Store orqali san’at asarlarini namoyish etishni mumkin. Lekin The Frame aynan san’at asaridan bahramand bo‘lish uchun yaratilgan. Pultdagi bitta tugmani bosish orqali Kartina rejimini yoqib, san’at asarlarini darhol ekranga chiqarishingiz mumkin.
Uning dizayni ham san’at asarlarini namoyish etish uchun moslashtirilgan bo‘lib, kartinalarning interyerga tabiiy uyg‘unlashishiga yordam beradi.
Boshqa Samsung televizorlarida ham Art Store orqali san’at asarlaridan foydalanish mumkin, lekin faqat The Frame’da Kartina rejimiga kirib, oson boshqarish mumkin.
Agar televizor ekranida didingizga mos san’at asarlarini namoyish etishni istasangiz, The Frame siz uchun mos tanlov bo‘lishi mumkin.
* Art Store bilan moslik haqida batafsil ma’lumot olish uchun mahsulot sahifasi va texnik xususiyatlarni tekshiring. -
The Frame’da o‘z san’at asarlarim yoki suratlarimni namoyish qila olamanmi?Ha. The Frame’da suratlaringiz va san’at asarlaringizni namoyish etishingiz mumkin. SmartThings ilovasi yordamida shaxsiy rasmlaringizni osongina yuklab, ularni ekranda haqiqiy ramkadagi kartina kabi ko‘rsatishingiz mumkin.
Bu alohida raqamli foto ramka kerak bo‘lmasdan, interyeringizni siz uchun qadrli bo‘lgan suratlar bilan bezash imkonini beradi.
* Tasvirlarni saqlash hajmi modelga qarab 4 GB yoki 6 GB ni tashkil qiladi. Ayrim fayl formatlarini o'qimasligi mumkin. -
The Frame yorug‘ xonalarda ham yaxshi ishlaydimi?Ha. The Frame hatto yorug‘ xonalarda ham qulay foydalanish uchun yaratilgan. Undagi akslanishga qarshi texnologiya quyosh nuri va xona yoritgichlaridan keladigan akslarni kamaytirib, ekranni aniq va qulay ko‘rish imkonini beradi.
Ekrandagi akslar kamaygani sababli kontentni yanada qulay tomosha qilishingiz mumkin. Ranglar yorqinligini saqlaydi, detallar aniq ko‘rinadi, san’at asarlarining nozik teksturalari va tabiiy rang ohanglari aks etadi.
The Frame yordamida xonangizda ham televizor tomosha qilish, ham san’at asarlaridan zavqlanishingiz mumkin. -
The Frame'ni o'rnatishga maxsus moslama kerakmi? U devor kronshteyni bilan birga keladimi?Ha. Samsung The Frame qutisida Slim Fit Wall Mount devor kronshteyni bo'ladi.
Slim Fit Wall Mount yordamida o‘rnatilganda, The Frame devorga deyarli yopishib turadi va haqiqiy kartinaga o‘xshaydi. Ushbu kronshteyn The Frame’ning yupqa va minimalistik dizaynini to‘ldirish uchun yasalgan.
O‘rnatish sharoitingizga qarab boshqa devor kronshteynidan ham foydalanishingiz mumkin. Lekin Slim Fit Wall Mount’dan boshqa kronshteynlar alohida sotib olinadi.
Ba’zi foydalanuvchilar televizorni devorga o‘rnatish o‘rniga taglikdan foydalanishni afzal ko‘rishadi. Bunday holatda The Frame balandligi sozlanadigan taglikni taklif qiladi. -
The Frame va The Frame Pro o‘rtasidagi farq nimada? Qaysi modelni tanlash kerak?Quyida The Frame Pro va The Frame modellari o‘rtasidagi asosiy farqlar keltirilgan.
1. Displey
- The Frame Pro modeli Neo QLED 4K texnologiyasi bilan jihozlangan bo‘lib, yuqori yorqinlik, yaxshilangan kontrast va ilg‘or HDR ishlov berishni taqdim etadi. Bu ayniqsa yorug‘ xonalarda yoki HDR kontent tomosha qilganda ko‘proq detallar va aniqlikni ko‘rish imkonini beradi.
- The Frame esa QLED 4K texnologiyasi yordamida yorqin ranglar va yuqori sifatli tasvirni taqdim etadi. U kundalik kontent va Kartina rejimidan bahramand bo‘lish uchun ajoyib tanlovdir.
2. Ulanish
- The Frame Pro modeli Wireless One Connect blokini o‘z ichiga oladi. U tashqi qurilmalarni televizorga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sim ulashsiz ulash imkonini beradi. Simsiz ulanish tufayli televizor atrofidagi ortiqcha simlar yo‘qoladi, devorga o‘rnatish yanada tartibli va galereyaga o‘xshash ko‘rinishga ega bo‘ladi.
3. O‘lcham
- The Frame (LS03HE) modeli turli o‘lchamlarda - 43 dan 98 dyuymgacha mavjud bo‘lib, turli xonalar va ehtiyojlarga mos keladi.
Har ikkala model - The Frame Pro va The Frame - kundalik televizor ko‘rish hamda Kartina rejimida san’at asarlaridan zavqlanish uchun yaratilgan. Tanlov byudjet, ekran o‘lchami, tasvir sifati va o‘rnatish imkoniyatlariga bog‘liq.
* Mahsulot mavjudligi va ekran o‘lchamlari mamlakatga qarab farq qilishi mumkin. -
The Frame’ning o‘ziga xosligi nimada?The Frame televizor tomosha qilish, san’atdan zavqlanish va kartina ramkasini eslatuvchi dizaynni bitta qurilmada birlashtiradi. Bu nafaqat kontent ko‘rish, balki interyeringizda san’at asarlarini namoyish etish uchun yaratilgan televizordir.
Toza va minimalistik dizayni tufayli The Frame interyerga uyg‘un moslashadi va uyda galereya muhitini yaratadi. Shuningdek, taqiladigan ramkalar yordamida televizor ko‘rinishini shaxsiy uslubingizga moslashtirishingiz mumkin.
Kontent tomosha qilmayotgan paytingizda The Frame dekorativ elementga aylanadi. Kartina rejimida u san’at asarlarini haqiqiy ramkadagi kartina kabi namoyish etadi va uyingizda galereya muhitidan bahramand bo‘lish imkonini beradi.
The Frame shuningdek akslanishga qarshi texnologiya va xona yoritilishiga moslashuvchi yorqinlik sensori bilan jihozlangan. Yupqa ramka uslubidagi dizayn va Pantone Validated ArtfulColor sertifikati yordamida u san’at asarlarining ranglarini asl ko‘rinishiga maksimal yaqin tarzda namoyish etadi.
Umuman olganda, The Frame ilg‘or tasvir texnologiyalari, o‘ylangan dizayn va qulay funksiyalarni birlashtirgan holda Smart TV’lar orasida o‘ziga xos tanlov bo‘lib qoladi.
* Taqiladigan ramkalar alohida sotiladi.
* Taqiladigan ramkalar assortimenti mamlakatga qarab farq qilishi mumkin.