Xonangizni ajoyib san’at
asari bilan bezating
O‘zingizga yoqqan san’at asarlarini tanlang
The Frame san’at asarlari kutubxonasi (5 000+ asar)
* San’at asarlarining tavsiflari muallif g‘oyasini aniq yetkazish maqsadida faqat hamkorlarimiz taqdim etgan tillarda bor.
Yoqilganda – televizor.
O‘chirilganda – san’at asari
San’at rejimi
The Frame o‘chirilganda San’at rejimiga o‘tadi va ekran san’at asarlarini namoyish etuvchi galereyaga aylanadi. Har yili 370 dan ortiq bepul asarlar, shuningdek mashhur muzey va ko‘rgazmalardan tanlab olingan to'plamlarni uyingizdan chiqmagan holda tomosha qiling
- * Funksiyadan foydalanish uchun Wi-Fi'ga ulanish va Samsung Account akkauntiga kirish talab etiladi. Art Store’dagi barcha asarlardan foydalanish uchun obuna bo'lishingiz kerak.
- * Har oy taqdim etiladigan 30 ta san’at asarining yangilanish vaqti hududga qarab farq qilishi mumkin. Bepul asarlar soni oldindan ogohlantirmasdan o‘zgarishi mumkin.
Har yili 370 dan ortiq bepul san’at asari bilan san’at olamini kashf eting
Art Store to'plamlari
Samsung taqdim etadigan jahon darajasidagi san’at asarlaridan bepul bahramand bo‘ling. Har oy mutaxassislar tomonidan tanlab olingan va yagona mavzu asosida jamlangan 30 ta yangi san’at asari har kuni sizga ilhom bahsh etadi
- * Funksiyadan foydalanish uchun Wi-Fi'ga ulanish va Samsung Account akkauntiga kirishingiz kerak. Art Store’dagi barcha asarlardan foydalanish uchun obuna bo'lishngiz kerak.
- * Har oy taqdim etiladigan 30 ta san’at asarining yangilanish vaqti hududga qarab farq qilishi mumkin. Bepul asarlar soni oldindan ogohlantirmasdan o‘zgarishi mumkin.
- * Funksiyadan foydalanish uchun Wi-Fi'ga ulanish va Samsung Account akkauntiga kirishingiz kerak. Art Store’dagi barcha asarlardan foydalanish uchun obuna bo'lishngiz kerak.
- * Har oy taqdim etiladigan 30 ta san’at asarining yangilanish vaqti hududga qarab farq qilishi mumkin. Bepul asarlar soni oldindan ogohlantirmasdan o‘zgarishi mumkin.
Art Store obunasini rasmiylashtiring
The Frame va aksessuarlarini sotib olish
The Frame
Taqiladigan ramka
Ko‘p beriladigan savollar
-
'Samsung Art Store’dan qanday foydalanishim mumkin?Agar The Frame, Micro RGB, OLED yoki Neo QLED televizoringiz internetga ulangan bo‘lsa, Samsung Art Store xizmatidan foydalanishingiz mumkin.
Samsung Art Store – Samsung televizoringiz ekranida namoyish etish uchun san’at asarlarini tanlash imkonini beruvchi xizmat. Siz muntazam yangilanib turadigan bepul san’at asarlari to‘plamidan bahramand bo‘lishingiz yoki obuna rasmiylashtirib, butun to'plamdan foydalanishingiz va ekranda qaysi asarlar namoyish etilishini o‘zingiz tanlashingiz mumkin.
Samsung Art Store’dan foydalanish uchun Samsung Account akkauntini ochishingiz hamda Smart Hub foydalanish shartlari, shaxsiy ma’lumotlarni yig‘ish bo‘yicha kelishuv va Samsung Art Store xizmatidan foydalanish shartlarini qabul qilishingiz kerak.
* Funksiya ayrim mamlakatlar va modellarda mavjud bo‘lmasligi mumkin. -
Samsung Art Store’dagi San’at rejimi nima?San’at rejimi – Samsung televizorlaridagi maxsus rejim bo‘lib, televizorni o‘chirganingizda qora ekran o‘rniga san’at asarlarini namoyish etadi.
Shu tariqa televizor interyeringiz bilan uyg‘unlashib, xonangiz bezagiga aylanadi.
Televizor yoqilganda filmlar, seriallar, sport translyatsiyalari va o‘yinlardan odatdagidek bahramand bo‘lishingiz mumkin. Uni o‘chirganingizda esa ekran avtomatik ravishda Art Mode rejimiga o‘tib, san’at asarlarini namoyish eta boshlaydi.
Samsung Art Store uyingiz interyerida qanday ko‘rinishini ko‘ring. -
Samsung Art Store’dagi Art Store to'plamlari xizmati nima?Art Store to'plamlari – Samsung Art Store’ning bepul xizmati bo‘lib, televizoringiz ekranida san’at asarlarini namoyish etish imkonini beradi.
Undan obunasi bor yoki yo'qligidan qat’i nazar, barcha Samsung Art Store foydalanuvchilari foydalana oladi.
Har oy siz Art Store’dagi 5 000 dan ortiq san’at asarlari orasidan tanlab olingan 30 ta asardan iborat yangi to‘plamni olasiz. Har bir asar ekranda 5 daqiqa davomida namoyish etiladi, so‘ng avtomatik ravishda keyingisi bilan almashadi.
Har oy yangi mavzudagi to‘plam taqdim etiladi, shuning uchun siz doimo yangi san’at asarlarini kashf etishingiz mumkin.
* Funksiya ayrim mamlakatlar va modellarda ishlamasligi mumkin. -
Samsung Art Store’dagi Hammasini ko'rsatish funksiyasi nima qiladi?Hammasini ko'rsatish funksiyasi tanlangan tasvirlarni slayd-shou ko‘rinishida ketma-ket namoyish etadi. Odatiy sozlamalarda tasvirlar har bir daqiqada almashadi, lekin bu vaqtni sozlamalarda o‘zgartirishingiz mumkin. Funksiya ikki xil usulda ishlaydi:
1. San’at asarlarini Hammasini ko'rsatish rejimida ko‘rsatish – faqat Samsung Art Store pulli obunasi bilan mavjud.
2. Mening suratlarimni Display All rejimida ko‘rsatish – shaxsiy suratlaringizni slayd-shou ko‘rinishida barcha foydalanuvchilar bepul namoyish etishi mumkin. -
Samsung Art Store’da san’at asarlarini toifalar bo‘yicha ko‘rish mumkinmi?Ha. Samsung Art Store’da san’at asarlarini quyidagi toifalar bo‘yicha ko‘rishingiz mumkin: Mashhur asarlar, Mashhur rassomlar, To‘plamlar, Hamkorlar, Mavzu, Texnika, Rang, Rassom. Toifalarni ko‘rish uchun Samsung Art Store bosh sahifasining pastki qismiga o'ting.
-
Samsung Art Store’da rassomni qanday qidirish mumkin?Rassomlarni qidirish funksiyasi Mashhur rassom bo‘limining o‘ng tomonida joylashgan.
-
To‘lov yoki obuna bilan bog‘liq muammo yuzaga kelsa, qayerga murojaat qilishim mumkin?To‘lov yoki obuna bilan bog‘liq savollaringiz bo‘lsa (masalan, to‘lov amalga oshmayotgan bo‘lsa, to‘lov ikki marta yechilgan bo‘lsa, obunani bekor qila olmasangiz yoki mablag‘ni qaytarish kerak bo‘lsa), General CS shaklini to‘ldirib, uni Samsung Checkout chekida ko‘rsatilgan elektron pochta manziliga yuboring. Murojaatingizda Samsung Account ID hamda muammoni aniqlashga yordam beradigan boshqa ma’lumotlarni ham ko‘rsatishni unutmang.
-
Samsung Art Store kuponidan qanday foydalanishim mumkin?Kuponni televizoringizdagi Samsung Art Store orqali faollashtirishingiz mumkin.
Obunangiz bor bo'lsa, Mening Art Store bo‘limidagi To'lov haqidagi ma'lumotlar sahifasiga o‘ting, Promokodlar bandini tanlang, kupon kodini kiriting va Faollashtirish tugmasini bosing. Kupon haqidagi ma'lumotlar televizor ekranida paydo bo'lgach, Qo'llash tugmasini bosing.
Hali obuna rasmiylashtirmagan bo‘lsangiz, Mening Art Store bo‘limidagi Obuna sahifasiga o‘ting va o‘zingizga mos tarifni tanlang. Tanlangan tarif kupon turiga mos bo‘lishi kerak. Masalan, kupon oylik obuna uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, aynan oylik tarifni tanlashingiz kerak.
Keyin:
- mobil qurilmangiz orqali QR-kodni skanerlang;
- yoki www.samsungcheckout.com saytiga kirib, televizor ekranida ko‘rsatilgan tasdiqlash kodini kiriting.
Samsung Checkout sahifasida tanlagan obunangiz ko‘rsatiladi. Bank kartangizni qo‘shing, Kupon qo'shish tugmasini bosing, kupon kodini kiriting va To'lash tugmasi orqali to‘lang. E’tibor bering: - kupondan foydalanish uchun Samsung Art Store obunasi faol bo‘lishi kerak;
- bank kartasi oldindan ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lishi kerak;
- kupon amal qilish muddati tugashidan oldin bank kartasi ma’lumotlarini o‘chirib tashlasangiz, kupon o‘z kuchini yo‘qotadi. -
Samsung Promotion ilovasini qanday o‘rnatishim mumkin?Samsung televizoringiz bosh sahifasidagi Apps bo‘limiga o‘ting va Samsung'dan qatoridan Samsung Promotion ilovasini toping. Agar ilova ro‘yxatda ko‘rinmasa, qidiruv maydoniga Samsung Promotion deb yozib qidiring.